Sirojiddin Eshonboev "ATF Championship 7" turnirida rossiyalik kuchli raqibga qarshi jang qiladi

  • 29.01.2022 11:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, 13 fevral kuni Muzaffar Radjabov asos solgan "ATF Championship " promoushenining ettinchi turniri Toshkentda tashkil etiladi. 

Mazkur turnirda o‘zbekistonlik bir qator mahoratli MMA vakillari oktagonga ko‘tariladi. Ular orasida eng tajribalisi, shubhasiz, Sirojiddin Eshonboevdir, desak yanglishmagan bo‘lamiz. 

Ushbu hamyurtimiz "ATF Championship 7 " turnirida rossiyalik Viktor Nizovoyga qarshi jang qiladi. Nizovoy hozirga qadar 5 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Eshonboevning ko‘rsatkichi esa 18-8 ko‘rinish olgan. 

Shu o‘rinda, ushbu yurtdoshimizga bo‘lajak jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!