“Siti” besh yuz ming yevro narx qo‘yilgan yulduzni olmoqchi
Yevropa futbolining “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Bavariya” kabi qudratli klublari “Barselona” markaziy himoyachisi Pau Kubarsiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, hozircha klublar va Kubarsi o‘rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqa bo‘lmagan, ammo bu jarayon yaqin orada boshlanishi kutilyapti. Qayd etilishicha, 19 yoshli himoyachining shartnomasida 500 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
Joriy mavsumda Kubarsi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol ham urgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar