Siti" bor kurashda qolganlar ikkinchi bo‘lishga mahkum! APLda mavsumning eng yaxshilari haqida

  • 24 may, 2024, 20:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 2023/2024 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga etganiga salkam bir hafta bo‘ldi. Mavsum o‘ta qiziqarli va kurashlarga boy o‘tdi. Ayniqsa, chempionlik poygasi so‘nggi turlargacha o‘z intrigasini saqlab turdi. "To‘pchilar" ikki mavsumdan buyon "Siti"ga ajoyib raqobat uyushtirib, mavsum so‘nggida va eng muhim pallada pand beryapti. Keling, biz mana shu qiziqarli mavsumni eng yaxshilarini sarhisob qilib chiqamiz: 

"To‘pchilarning" taqibiga qaramasdan  "Manchester Siti" jamoasi so‘nggi turda Londonning "Vest Hem"ini 3:1 hisobida mag‘lub etib, 91 ochko bilan o‘zining ketma-ket to‘rtinchi chempionligini rasmiylashtirdi. "Arsenal" 89 "Liverpul" esa 82 ochko jamg‘arib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. "Sheffild Yunayted " "Byornli" va "Luton Taun" klublari APL bilan xayrlashishdi.  

To‘purarlar ro‘yxatiga qarasak, ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Erling Holand, Koul Palmer hamda Aleksandr Isakni ortda qoldirib 27 gol bilan birinchi o‘rinni band qildi. Qiziqarlisi, niderlandiyalik forvard bu poygada ortda qolib ketish ehtimoli bor edi. Gap shundaki, Palmer hamda Isak mavsum so‘nggiga yaqin ajoyib o‘yinlar namoyish etib, ketma-ket gollar urdi va Xolandga etib olishda ham. Biroq "Siti" marraga yaqin boshqacha kuchlanish oladi. Norvegiyalik forvard birgina "Vulverxempton"ga qarshi bahsda amalga oshirgan xet-trigi evaziga o‘z o‘rnini mustahkamlab qo‘ydi. Hamma o‘z joyida!

Assistentlar poygasida ham kurash avj oldi. 41 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasiga yo‘l olgan "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins 12 assist bilan jadvalda birinchi bo‘lsa, to‘purarlar bahsida omadi kelmagan Koul bu borada ham jadvalning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Jamoaosi oltinchi o‘rinda mavsumni yakunlagan bir paytda uning ko‘rsatkichlari yomon emas va juda ham yaxshi, chamamda. 

Devid Rayya jamoadagi darvozabonlar raqobati kuchli bo‘lishiga qaramay, 16 ta quruq o‘yin o‘tkazib mavsumning eng yaxshi posboni, deb topildi. "Arsenal" posboni ko‘p ta’qibchilarni o‘ziga yaqinlashtirmadi hisob. Umuman olganda, "to‘pchilar" darvozasi bilan bir qatorda jamoa mudofaasi ham yuqori daraja namoyish etishdi. Biroq ikki mavsumdan buyon stabillik emas, balki tajriba va muhim paytda kerakli ishni qila olish qobiliyati bor jamoalar yakunda chempion bo‘lib ketyapti. 



Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish Fil Fodenga nasib qildi. Ma’lumot uchun, Foden bu mavsumda 35 o‘yin o‘tkazib, 19 gol, shuningdek 8 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ha, Fil chindan ham bunga munosib. 27 ta gol urgan Xoland butun mavsum bir xil ritmda harakat qilmadi. Biroq angliyalik vinger o‘zi tushgan o‘yinlarning aksarida jamoasi g‘alabalariga katta hissa qo‘sha oldi. 



To‘purarlar va assistentlar poygasida jadvalning ikkinchi pog‘onasida joylashgan  Palmer eng yaxshi yosh o‘yinchi, deb topildi. Ikkita poygada mag‘lub bo‘lgan yosh yigitchaga bu rag‘bat kerak edi. Ayniqsa, mavsumning yakuniy qismini "yondirib" tashlagan Koul o‘zi haqli bo‘lgan sovringa ega chiqdi. "Chelsi"ning o‘xshamagan ko‘plab transferlari orasida jamoaga umid bergan va muhim pallada "Chelsi"ni "tortgan" ham u emasmi?



"Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola, Mikel Arteta, shuningdek Yurgen Klopp kabi kuchli murabbiylarni ortda qoldirib, eng yaxshi murabbiy unvonini Manchesterga olib ketadigan bo‘ldi. Oddiy xulosa: "Siti" bor kurashda qolganlar ikkinchi bo‘limga mahkum. Har holda, APLda ancha vaqtdan beri shunday. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!