“Siti” futbolchisi bu jamoaga o‘tishdan bosh tortdi

  • 31.12.2025 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” asosiy tarkibiga kira olmayotgan niderlandiyalik himoyachi Natan Ake yanvar oyida o‘ziga boshqa klub topishi kerak. Ayni paytda turli ligalardan bir necha klublar 30 yoshli futbolchi bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Natan Akeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar orasida Angliya Premier-ligasi vakili “Vest Xem” ham bor  edi. Biroq tajribali himoyachi  bu jamoaga o‘tishdan bosh tortdi.

Bu haqida talkSPORT xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi “shaharliklar” safini tark etishga tayyor, ammo Angliya Premier-ligasida jon saqlash uchun kurashayotgan jamoada faoliyatini davom ettirishni istamaydi.

Ake 2020 yil yozidan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo samarali harakatlar bilan ajralib chiqmagan. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!