
"Siti" futbolchisi nimadan qo‘rqyapti?
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Jon Stounz Angliya premer-ligasida mavsumning tiklanishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz futbol qaytishini xohlaymiz, ammo bunga mos vaqt kerak. Men xavfsizlik kafolatlanishini xohlayman. Barcha jamoalar faqatgina xavfsizlik o‘rnatilgandagina qaytib kelishlari lozim. Men muxlislar to‘la stadionda o‘ynashni xohlayman”, - deydi Stounz.
Angliya premer-ligasi rahbariyati esa mavsumning qolgan uchrashuvlarini muxlislarsiz neytral stadionlarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar