“Siti” futbolchisiga yaxshi taklif tushdi

  • 01.12.2025 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Kelvin Fillips  muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun jamoasini almashtirishiga to‘g‘ri keladi.

29 yoshli futbolchiga  sobiq jamoasi “Lids” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Jeremi Krossning xabar berishicha, “Lids” mutasaddilari Fillipsni mavsum oxiriga qadar ijaraga olish borasida manchesterliklarga murojaat qilgan.

Shunga qaramay, xaridor klub vakillari yarim himoyachining to‘liq maoshini ko‘tara olmaydi. Agar “shaharliklar” Kelvinning haftasiga 285 funtlik maoshidan 250 ming funtini to‘laydigan bo‘lsa, “Lids” sobiq o‘yinchisini ijaraga olish imkoniga ega bo‘ladi.

Fillipsga Evropaning boshqa top-ligalaridan takliflar bo‘layotgani ham aytilmoqda.

“Manchester Siti” Kelvin Fillipsni 2022 yilning yoztda 49 million evroga transfer qilgandi. Biroq yarim himoyachi Xosep Gvardiola ishonchini etarli darajada oqlay olmadi. Hozirgacha, “shaharliklar” uni ikki marta “Vest Xem” va “Ipsvich” jamoalariga ijaraga jo‘natgan.

Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan  10 million evroga baholanayotgan Angliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!