"Siti" JCh-2022 da porlayotgan futbolchi uchun MYu va "Chelsi" bilan raqobatlashmoqchi

  • 13 dekabr, 2022, 16:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiolga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Foot Mercato nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" 20 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 110 million evro taklif qilgan. Bundan tashqari, nemis klubi futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag‘ning 20 foizini ham olishi huquqiga ega bo‘ladi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola allaqachon Gvardiol bilan ehtimoliy transfer haqida gaplashgan. Shuningdek, yaqinda “Manchester Siti” va “RB Leypkig” vakillari va futbolchi o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Oldinroq xorvatiyalikning transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham taklif bilan chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Qizil iblislar” 90 million “aristokratlar” esa 95 million evro taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, "RB Leyptsig" Yoshkoni bundan bir yarim yil avval Zagrebning "Dinamo"sidan 19 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!