
“Siti” tishsiz bo‘riga o‘xshab qoldi
Ko‘p gol urishni yaxshi ko‘radigan “Manchester Siti” asosiy to‘purarlari - Serxio Aguero va Gabriel Jezus xizmatidan foydalana olmay qoldi. Aguero tizzasidan operatsiya qilinganidan keyin hali tiklanmagan bo‘lsa, Jezus yaqindigina og‘ir jarohat oldi.
Garchi Pep Gvardiola qo‘l ostidagi futbolchilar bilan bu vaziyatdan chiqib ketishiga ishonayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati jamoaga iste’dodli hujumchi Arkadiush Milikni olib kelishni istamoqda.
“Manchester Siti” xo‘jayinlari jamoasini yangilashni istayotgan polshalik to‘purar transferi uchun 25 million evro tikishga tayyor. Milik uchun “Tottenxem” ham da’vogarlik qilmoqda, biroq londonliklar moliyaviy kurashda manchesterliklarga bas kela olmaydi.
Fikrlar