"Siti" va "Portu" guruh bosqichini g‘alaba bilan tugatdi

  • 10 dekabr, 2020, 03:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasi so‘nggi tur o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga etdi. Musobaqa favoriti "Manchester Siti" joylashgan "S" guruhidagi jamoalar o‘z o‘yinini o‘tkazdi. "Shaharliklar" o‘z uyida "Marsel"dan 3:0 hisobida ustun keldi.

Tecno

O‘yindagi har uchchala gol ikkinchi taymda kiritildi. Tanaffusda Gvardioladan kerakli so‘zlarni eshitgan manchesterliklar 48-daqiqada hisobni ochdi. Ferran Torres jamoadoshinig uzatmasini darvozaga to‘g‘irlab yubordi. Uzoq muddatdan so‘ng, yana maydonga qaytgan Serxio Aguero jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Raxim Sterling hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Ikkinchi uchrashuvda "Portu" Gretsiyaga safar qildi. "Olimpiakos"ga qarshi bahs portugallarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, penaltini aniq amalga oshirgan Otavio jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 77-daqiqada Mateus Uribe hisobdagi farqni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!