
“Siti” Xoland bilan yangi shartnoma tuzyapti. Bitimda to‘purarning keyingi jamoasi nomi bor!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning eng yaxshi to‘purari Erling Xoland bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani yangilash ustida ish olib bormoqda.
Marca nashrining yozishicha, 24 yoshli o‘yinchining yangi bitimida uning “Manchester Siti” bilan hamkorklikni to‘xtatishini kafolatlaydigan band kiritiladi. Bu band faqatgina “Real”dan Xolandga taklif bo‘lgandagina kuchga kiradi.
Norvegiyalik charm to‘p ustasi “Manchester Siti”da 2022 yilning yozidan beri to‘p tepyapti. Xoland hozirga qadar “shaharliklar” tarkibida 102 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 97 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Erling Xoland dunyoning eng qimmat o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Uning transfer summasi 180 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar