
“Siti” Xolandning kelishuvini o‘zgartirmoqchi
“Manchester Siti” xo‘jayinlariga jamoa to‘rurari Erling Xolandning o‘yini juda ma’qul kelmoqda. Ayni paytda mutasaddilar norvegiyalik o‘yinchini uzoq muddatga jamoada olib qolish yo‘llarini qidiryapti.
DeadlineDayLive nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 23 yoshli hujumchining shartnomasidan uni sotib olish mumkinligi haqida bandni olib tashlamoqchi. Amaldagi kelishuvga ko‘ra, Xolandni 200 million evroga xarid qilish huquqini beradigan band asosida boshqa klublar hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
“Manchester Siti” yangi shartnoma imzolash orqali Xolandga da’vogar klublarning yo‘lini yopib qo‘yishni istayapti.
Erling Xoland 2022 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan Angli Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar