“Siti” yana bir yulduz bilan xayrlashadigan bo‘ldi

  • 21.04.2026 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsumda kuchli oʻyin koʻrsatayotgani va jamoa oʻyiniga katta taʼsir koʻrsatayotganiga qaramay, yozda klubni tark etishini maʼlum qilgan edi.

Endi “shaharliklar” yana bir mashhur futbolchi – Jon Stounz bilan xayrlashadigan boʻldi.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 31 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida jamoadan ketadi. U mavsum oxirigacha jamoaga sovrinlar uchun kurashda yordam berishni rejalashtirmoqda, shundan soʻng esa klubni tark etadi.

Joriy mavsumda Stounz barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda ishtirok etdi, ammo samarali harakatlar qayd etmadi.

Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!