
“Siti” yulduzi “Barsa”ni qutqarishga tayyor
“Barselona” rahbariyati Xosep Gvardiola tuzgar tarkibga kirishga qiynalayotgan Rahim Sterling transferiga qiziqayotgan edi. Kataloniyaliklar hujumkor futbolchini yanvarda ijaraga olib, keyinchalik uning transferini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Asosiy tarkibdagi joyidan ayrilgan va o‘yin sifati pasayib borayotgan Sterlingning o‘zi ham Manchesterdan ketishga qarshi emas. Ayniqsa, “Barselona”dek mashhur jamoadan taklif bo‘layotgani Rahimga juda ma’qul kelmoqda.
Sterling joriy mavsumda ettita uchrashuvda qatnashganiga qaramay, atigi bitta gol urdi xolos. Uning shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. “Shaharliklar” yulduzining transferi 90 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar