
“Siti”ga olis Braziliyadan yangi himoyachi keladi
“Manchester Siti” tarkibiga iste’dodli yosh o‘yinchilarni jalb etish amaliyotini yozgi transferlar davrida ham davom ettiradi.
“Shaharliklar” Braziliya chempionatidan o‘ng qanot himoyasiga Ueslini topgan edi. “Flamengo” sharafini himoya qilayotgan 21 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi.
Coluna do Fla nashrining yozishicha, Evropaning bir necha klublari nazarida turgan qanot himoyachisi “Manchester Siti” variantini tanladi.
Joriy mavsumda Uesli “Flamengo” safida 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bitta gol va ikkita assist muallifi ham bo‘ldi.
Kelajagi porloq o‘yinchi sifatida e’tirof etilayotgan Uesli mart oyida Braziliya milliy terma jamoasida debyutini o‘tkazganidan keyin uning xaridorlari yanada ko‘paygani aytilmoqda.
Fikrlar