"Siti"ning 65 million funtlik taklifi javobsiz qoldi

  • 20.07.2020 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati mohir himoyachi Kalidu Kulibani qo‘lga kiritish maqsadida “Napoli”ga dastlabki taklifini bildirdi.

Unga ko‘ra, manchesterliklar  senegallik markaziy himoyachi uchun 65 million funt beradigan bo‘ldi. Neapolliklar esa hali bu taklifga javob qaytargani yo‘q.

“Napoli” xo‘jayini Aurelio De Laurentis grandlar e’tiborida turgan futbolchisini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan. “Manchester Siti” esa kelasi mavsum Angliya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun jiddiy kurashish maqsadida tarkibini yulduz futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!