
“Siti”ning eng qimmat o‘yinchisi klubdan qochib ketmoqchi
“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transfer egasi Jek Grilish asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgani bois, jamoani tark etishni istayapti.
“Shaharliklar” o‘tgan yili yozda bu futbolchi uchun “Aston Villa”ga 117,5 million evro to‘lab bergan edi. Angliyaning eng yorqin talantlaridan biri bo‘lgan futbolchi yangi jamoaga o‘tganidan keyin o‘yinida keskin pasayish boshlandi.
Grilishning o‘zi muhitni o‘zgartirish kerak, deb hisoblamoqda va agentlaridan o‘ziga munosib jamoa topishni so‘ragan. Jek ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola qo‘llayotgan o‘yin sxemasida o‘zini ko‘rsata olmayotgani bois, jamoadan ketmoqchi.
Jek Grilish jamoa o‘yini markazida bo‘lishni istayapti. Lekin Gvardiola asosimy figuralar sifatija Kevin de Bryuyne va Bernardu Silvani belgilagan.
Fikrlar