
“Siti”ning taklifi qabul qilindi. Gvardiola superfutbolchiga ega bo‘ladi!
“Manchester Siti” rahbariyati “Aston Villa” etakchisi Jek Grilish uchun 100 million funt taklif qilgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Aston Villa” bu taklifni qabul qildi va mahoratli yarim himoyachini Manchesterga yuborishga rozi bo‘ldi. Ayni paytda tomonlar transfer bo‘yicha ish boshlash arafasida turibdi.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, u Angliya premer-ligasining yangi transfer rekordi sifatida qayd etiladi.
2012 yildan beri “Aston Villa”da o‘ynayotgan Jek Grilish o‘tgan mavsumda premer-ligada 26 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urdi va 12 ta golli pas uzatdi.
Grilishga “Manchester Yunayted” ham anchadan beri qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, Ule-Gunnar Sulsher hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasiga “Borussiya” etakchisi Jeydan Sanchoni ma’qul ko‘rdi.
Fikrlar