
Skoulz Maguayr va Onana haqida fikr bildirdi
Pol Skoulz Xarri Maguayr va Andre Onananing "Koppengagen"ga qarshi o‘yinini baholadi.
"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida (1:0) Maguayrning 72-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi. Shuningdek, Onana 97-daqiqada Larsson amalga oshirgan penaltini qaytardi.
"Xarri Maguayrga o‘yin amaliyoti berish kerak. U butun yil davomida haqoratdan boshqa hech narsa olmadi.
Maguayr "Manchester Yunayted"ga g‘alaba keltirdi. U va Onana uchun katta o‘yin", - dedi "qizil iblislar" sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar