Slot: Ehtimol, u dunyoning eng yaxshi hujumchisidir

  • 12.09.2025 16:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Arne Slot Isakni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblaydi. 

25 yoshli forvard joriy mavsumda ilk bor Shvetsiya - Kosova (0:2) uchrashuvida maydonga tushdi. 

"Meni eng quvontiradigan narsa shuki, Isak bilan kelishuvga erisha oldik. Tomonlar transferni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishdi. Uning shartnoma imzolagani men, klub, muxlislar va futbolchilar uchun juda yaxshi. 

Shvetsiya terma jamoasi murabbiyi katta maqtovga loyiq. Uning ixtiyorida dunyoning eng yaxshi hujumchisi bor va oldinda terma jamoani ikki muhim o‘yin kutayotgandi. Murabbiy tushundiki, Isak har ikki bahsda ham 90 daqiqa harakat qila olmasdi. 

Biz ham Isakka xuddi shunday munosabatda bo‘lamiz. Shuning uchun, u har bir uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynashini kutmang. Bu yaqin vaqtlar ichida sodir bo‘lmaydi"
, - dedi Slot. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!