
Sneyder "Nitstsa"dan ketadi
Frantsiyaning “Nitstsa” klubi yarim himoyachisi Uesli Sneyder jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
Aytish lozimki, 33 yoshli gollandiyalik futbolchi “Nitstsa”ga bundan 5 oy muqaddam kelib qo‘shilgan bo‘lsada, u mavsumning birinchi qismida Frantsiya chempionatining bor yo‘g‘i 5ta uchrashuvida maydonga tushgan holos.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Sneyder qishda jamoadan ketib, faoliyatini Yaqin Sharq mamlakatlaridan birida davom ettirishi mumkin.
Fikrlar