
Sneyder “Paxtakor”ning raqibi bo‘lgan klub safida debyut qildi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. OChL pley-off bosqichida Toshkentning “Paxtakor” klubiga raqiblik qiladigan “Al-Garafa” klubi bu tur safarda “Al-Axli”ga qarshi bahs o‘tkazdi.
Ushbu o‘yinda “sherlar”ning bo‘lajak raqiblari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Al-Garafa” safiga endigina kelib qo‘shilgan Uesli Sneyder ham bu o‘yinda ishtirok etdi. Gollandiyalik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi 84-daqiqada zahiraga olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Garafa” – “Paxtakor” o‘yini 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 12-tur
“Al-Axli” – “Al-Garafa” 1:2.
Fikrlar