Sobiq chempionni mag‘lub etgan Mavlud Tifiev Toshkentga qaytdi (fotogalereya)

TIGGO 2 PRO

10 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida ONE Championship navbatdagi turnirini o‘tkazdi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik mohir muaytay va K-1 ustasi Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tarildi. Tifiev Singapur promousheni bilan 6 ta jangga shartnoma imzolagan edi.

Dastlabki jangidayoq u promoushenning sobiq chempioni, kikboksing va muaytay bo‘yicha 12 karra Rossiya chempionati g‘olibi hamda professional muaytay yo‘nalishida jahon chempioni dog‘istonlik Allaverdi Ramazanovga qarshi bahs yuritdi.

Ushbu qarama-qarshilik 66 kg vazn toifasida professional muaytay yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. Jang to‘liq davom etdi. Quvonarlisi yurtdoshimiz raqibini katta ustunlik bilan, bir necha marta nokdaunga tushurgan holda mag‘lub qildi.
Shu tariqa Tifiev jahonning eng nufuzli ONE Championship promoushenidagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!