sobiq jahon va olimpiada chempioni faoliyatini yakunladi

  • 28.02.2019 17:58
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

IBF talqini bo‘yicha ikki karra jahon chempioni britaniyalik Jeyms Digeyl professional ringdagi faoliyatini yakunladi, deya xabar berdi Evening Standart nashri.

33 yoshli Digeylning so‘nggi jangi 24 fevral kuni hamyurti Kris Yubenk bilan bo‘lgan va chempionlik jangida u mag‘lubiyatga uchragan. Qizig‘i shundaki, Digeylning ketishi yubiley kunga to‘g‘ri keldi. Bundan roppa-rosa 10 yil muqaddam u professional ringda ilk jangini o‘tkazgan edi.

Bokschi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi. Professional ringda u 25 g‘alaba (ulardan 15tasi nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!