Sobiq UFC jangchisi: “Hech kim bu jangchilar bilan to‘qnash kelishni istamaydi"

  • 25 noyabr, 2024, 18:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Sobiq UFC jangchisi Josh Tomson Umar Nurmagomedov haqida gapirib o‘tdi.

“Pyotr Yan o‘ta engil vazn toifasi reytingida uchinchi o‘rinda. Umar undan oldinda, lekin u Kori Sendxagen ustidan qozonilgan bitta g‘alaba evaziga shu o‘ringa ko‘tarildi. Menimcha, endi hech kim Umar bilan jang qilishni xohlamaydi. Xuddi Xabib bilan bo‘lganidek. Barcha uning qanday kuchli ekanini ko‘rdi. O‘ylashimcha, hamma yigitlar Umardan qochishga harakat qiladi”, – dedi Tomson "Weighting In" podkastida.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov MMA dagi faoliyati davomida 18ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!