
"So‘g‘diyona" bugun TsSKAga qarshi o‘ynaydi
Bugun OFK kubogida 2-tur bahslari start oladi. Kun doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "So‘g‘diyona" ishtirokidagi bellashuv.
Jizzaxliklar Tojikistonning TsSKA jamoasi bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.
Ayni payt "E" guruhi turnir jadvalida Ulug‘bek Baqoev shogirdlari 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulurning bugungi raqibi va "Oltin Asr" klublari 1 ochkodan jamg‘argan holda keyingi o‘rinlarni band etgan. "Neftchi" esa oxirgi pog‘onani egallagan.
Fikrlar