“So‘gdiyona” futbolchisi yangi mavsumni “Navbahor” safida boshlaydigan bo‘ldi

  • 08.01.2026 15:43
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shohruhbek Abdurahmonov – “Navbahor” futbolchisi. Bu haqida klub o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Tajriba­li yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Shohruhbek Abdurahmonov – 1999 yil, 8 mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2019 – 2021 yillar, 2022 yilning 2-davrasi), Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 2022 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2023 yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2024-2025 yillar) jamoalarida o‘ynagan. Bundan tashqari, Shohruhbek Abdurahmonov 2019 yili O‘zbekiston – U-23 tarkibida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Yakunlangan mavsumda “So‘g‘diyona” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urdi. Shohruhbek Abdurahmonovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.Jamoamizda xush ko‘rdik Shohruhbek”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!