"So‘g‘diyona" himoyachisi legionerga aylanishi mumkin

  • 17 oktabr, 16:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" himoyachisi Otabek Ahadov faoliyatini legioner sifatida davom ettirishi mumkin. 

Tecno

"Sports.uz" saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga ayni paytda Eron klublaridan qiziqish bo‘lmoqda. U mavsum tugaganidan keyin jamoani tark etishi mumkin. Ammo Otabekning "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Shunday ekan, qaysidir klub 20 yoshli himoyachini o‘z safida ko‘rishni istasa, uni sotib olishiga to‘g‘ri keladi. 

Ahadov avvalroq eronlik agent Hamid Merih bilan ishlashni boshlagandi. Bu mavsumda ushbu agent orqali bir qancha futbolchilar Eronga yo‘l olishdi. Shuningdek, o‘z vaqtida Hamid Jaloliddin Masharipovning "Istiqlol"ga, Oston O‘runovning "Persepolis"ga bo‘lgan transferlari ustida ishlagandi. 

Eslatib o‘tamiz, Ahadov mazkur mavsumda "So‘g‘diyona" tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!