“So‘g‘diyona” o‘yinchisi Ixtiyor Toshpo‘latov “Mash’al”da
«Mash’al» jamoasining futbol akademiyasida tahsil olgan bir qancha yoshlar yurtimizning deyarli barcha jamoalarida to‘p tepib kelishmoqda. Ana shunday yosh futbolchilardan biri Ixtiyor Toshpo‘latov yana «Mash’al»ga qaytdi.
Toshpo‘latov oxirgi ikki mavsumni Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi safida ijara asosida o‘tkazdi. Shu vaqt oralig‘ida Ixtiyor klubga sadoqat bilan xizmat qildi. Har bir bahsda tinimsiz g‘alabaga intildi. Hujchumchi endi yangi mavsumni o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Mash’al»da o‘tkazadi.
Ayni shu kunlarda jamoa o‘zining o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.

Fikrlar