"So‘g‘diyona" so‘nggi daqiqalarda super gol urib, "Navbahor"ni mag‘lub etdi (video)

  • 26 aprel, 2022, 20:10
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasidagi "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Dastlab, Shohruz Norxonov tezkor goli bilan jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 34-daqiqada Zoran Marushich tarozi pallalarini tenglashtirdi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Doniyor Abdumannopov super gol urib, jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, markaziy o‘yinda g‘alabani ilib ketgan "So‘g‘diyona" ochkolari sonini 11 taga etkazib olgan holda, onlayn jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Lochinlar" 5-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
26/04/2022 20:56
Баттар бул така муйлов мухлисларни юкотишда сани хам хиссанг бор