
"So‘g‘diyona" yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "So‘g‘diyona" jamoasi tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "Bo‘rilar" belgiyalik legioner hujumchi Isic Tarik bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Tarik 1994 yil 8 oktyabr sanasida tavallud topgan. Futbolchi shu kungacha o‘z mamlakatining "Turbina", "Radnik", "Kaplina", "Olimpik", "Chelik Zenicha", Malayziyaning "Perak", Albaniyaning "Kukesi" jamoalarida to‘p tepgan.
Ma’lumot o‘rnida, jizzaxliklar o‘tgan mavsum Superligada 34 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar