
"So‘g‘diyona" yana "Bunyodkor"dan futbolchi transfer qildi
Boya "Bunyodkor"dan Suhrob Izzatov transferini e’lon qilgan "So‘g‘diyona" yana "Bunyodkor"dan ketgan boshqa bir futbolchi bilan kelishuvga erishilganligini namoyish etdi.
Jumladan, klub matbuot xizmati "Bunyodkor" futbol klubida mavsumning yarmini o‘tkazgan 21 yoshli futbolchi Umid Sultonov bilan shartnoma imzolanganligini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida tajribali yarim himoyachi Umid Sultonov joriy mavsum birinchi davrasida 5 bor superliga bahslarida maydonda harakat qilgan. O‘zbekiston kubogi doirasida 2ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar