"So‘g‘diyona" – OKMK uchrashuvi oldidan prevyu

  • 30 iyun, 2023, 13:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing qoldirilgan 8-turida OKMK "So‘g‘diyona" jamoasi bilan 1-davraning so‘nggi bahsida o‘zaro to‘qnash keladi.

Tecno

Bo‘lajak o‘yin mazkur qarama-qarshilik tarixidagi 29-uchrashuvga aylanadi.

Ikkala jamoa ham o‘zaro uchrashuvlarda 10 marotabadan g‘alabaga erishgan va qolgan 8 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati "konchilar" foydasida: 39-29.

Jamoalarning so‘nggi bor 2022 yil, 30 sentyabr kuni o‘tkazilgan uchrashuvida «konchilar»ning qo‘li baland kelgan. O‘shanda Jizzaxda o‘tkazilgan o‘yinda Xurshid G‘iyosov va Martin Boakening gollari jamoamizga g‘alaba keltirgan.

Superliga, 8-tur (qoldirilgan o‘yin).

1 iyul, shanba

"So‘g‘diyona" — OKMK (20:00)

Jizzax, "So‘g‘diyona sport majmuasi" stadioni.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Jaloliddin Husnitdinov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Obid Jumaev

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!