"So‘g‘diyona"ning "Paxtakor"ga qarshi statistikasi qanday?

  • 25 avgust, 2024, 14:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 17-tur o‘yinida "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 57 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 43 bellashuvda "Sherlar" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 7 bahsda raqibning g‘alabasi qayd etilgan. 134 gol urgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 47 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Jizzaxdagi o‘yinlarning 18 tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Besh marta mezbonlarning qo‘li baland kelgan va besh bor durang natija qayd etilgan.

"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 26 avgust, dushanba kuni soat 19:00 da "So‘g‘diyona" stadionida boshlanadi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!