
Son so‘nggi daqiqada gol urib, g‘alabani "Tottenxem"ga olib berdi (video)
Angliya premer-ligasining 29-turida “Tottenxem” o‘z maydonida “Sautgempton”ni qabul qildi.
Londondagi bahs 2:1 hisobida “shporlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Garet Beyl (60') va Son Xin Min (90') mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar safida yagona golni Denni Ings (30') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar