
Son Xin Min APLda xet-trik qayd etish borasida Ronalduga etib oldi
17 sentyabr kuni “Tottenxem” APLning 8-turi doirasida “Lester Siti”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi.
"Shporlar" safida Son Xin Min tomonidan xet-trik qayd etildi. Futbolchi uchun bu Premer-ligadagi 3-xet-trik bo‘ldi. Koreyalik hujumchi ko‘rsatkich bo‘yicha "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Eng ko‘p xet-trik qayd etish bo‘yicha liga rekordi "Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Serxio Agueroga tegishli - 12 ta.
Fikrlar