Song Yadong: "UFC menga chempionlik jangini beradi, agar..."

  • 27.08.2026 14:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoylik UFC jangchisi Song Yadong rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Umar — eng zo‘ri va buni hamma biladi. Agar uni mag‘lub etsam, menga, albatta, titul imkoniyatini berishadi. 

O‘ylashimcha, hozir Nurmagomedovga qarshi jang uchun eng qulay payt. Oxirgi vaqtlarda bir qator kuchli raqiblar bilan oktagonga chiqdim, katta tajriba to‘pladim. Mashg‘ulot yig‘ini juda yaxshi o‘tdi, ayniqsa kurash ustida juda ko‘p ishladik. Men bilan birga chempionlar ham shug‘ullanishdi. Ular Umarga qarshi bellashuvda kerak bo‘ladigan bir nechta xitoycha usullarni ham o‘rgatishdi", — deya xitoylikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Song Yadong va Umar Nurmagomedov qarama-qarshiligi 29 avgust kuni Shanxaydagi "UFC Fight Night 286" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!