
Songa nisbatan qilingan noo‘rin hazil jiddiy jazolanishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur koreyalik jamoadoshi, hujumchi Son Xyon Min haqida noo‘rin hazil qildi. Urugvaylik futbolchi Songa barcha koreyslarning ko‘rinishi bir xil ekanligini aytdi.
Garchi Bentankur ushbu gaplaridan keyin Sondan darhol uzr so‘ragan bo‘lsa ham uni irqchilikda ayblashdi. Bu voqea yozda sodir bo‘lgan, ammo tergov o‘shandan beri davom etmoqda. Jurnalist Pol O’Kifining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasi Bentankurni 7 o‘yinga chetlatishi kerak. Ammo ushbu sanktsiyalar faqat ichki musobaqalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Rodrigo Bentankur joriy 2024/2025 yilgi mavsumda "Tottenxem" safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 11 turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan "Tottenxem" esa APL musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar