"So‘ngi imperator" navbatdagi jangini qachon va qaerda o‘tkazishi ma’lum

  • 19 aprel, 2021, 16:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik "So‘ngi imperator" nomi bilan mashhur, afsonaviy MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko navbatdagi jangni kuz oyida Rossiyada o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tecno

”Ha, biz Skott Koker bilan suhbatlashdik. Ushbu tadbirni Rossiyada o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlar ishtirokidagi turnir bo‘ladi”, - dedi Emelyanenko.

Avvalroq, “Bellator” prezidenti bo‘lgan Koker 44 yoshli Emelyanenko ikki jangdan so‘ng, faoliyatini yakunlashini aytgandi. Rossiyalik afsona og‘ir vazn toifasida “Ptide FC” promoushenida to‘rt karra, ”Rings” va “WAMMA” turnirlarida ikki marotaba, sambo bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni va to‘qqiz karra Rossiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Sportchi so‘nggi jangini 2019 yil dekabr oyida Yaponiyada tashkil etilgan  “Bellator 237” turnirida o‘tkazib, amerikalik Kuinton Jeksonni mag‘lubiyatga uchratgan  edi.

Ma’lumot uchun, uning umumiy tarzdagi rekordi 39 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatdan iborat. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!