Sotvoldiev va Grigoryan o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib o‘tadi (FOTO)
Rossiyaning Anapa shahrida Gladiator 6 turniri bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Muhammadsalim Sotvoldiev mezbon bokschi Radik Grigoryanga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ushbu oqshom 14 mart kuniga belgilangan. Sotvoldiev va Grigoryan o‘rtasidagi dastlabki jangda ochkolar hisobiga ko‘ra, rossiyalik bokschi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Birinchi jang borasida Sotvoldievning jamoasi apellyatsiya berga va bu hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilk jangning 8-raundi 2 daqiqadayoq tugab qolgandi.


Fikrlar