"Sovrinsiz mavsumni qutqarish" missiyasi

  • 21 may, 15:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 21 may sanasida Ispaniyaning Bilbao shahrida joylashgan "San Mames" stadionida UEFA Evropa ligasi final bahsi bo‘lib o‘tadi. "Tottenxem" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari yomon mavsum o‘tkazganiga qaramay ushbu bosqichga qadar etib kelishdi. Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadigan uchrashuvda, g‘alaba qozonishga asosiy favorit kimligi va kubok sohibi kim bo‘lishi turli xil analitik saytlar tomonidan taxmin qilindi.

Tecno

Barchaga tanish Opta superkompyuteri ushbu bahsda "Qizil iblislar" ning g‘alaba qozonish ehtimolini 52,4% ga baholadi. Jamoa  97,6 % lik natija bilan finalga qadar mag‘lubiyatsiz etib keldi. "Shporlar"da bu ko‘rsatkich 91,1 %ni tashkil etmoqda.

Transfermarkt portali ham mankunyaliklarning g‘alabasini taxmin qildi. Garchi, "Tottenxem" so‘ngi 5 ta o‘yinda "Qizil iblislar"ga engilmagan bo‘lsa-da, Tarkibdagi asosiy o‘yinchilarining finalda maydonga tushmasligi Ruben Amorim jamoasining imkoniyatlarini biroz oshirmoqda. 

365scores sayti ushbu to‘qnashuv uchun asosiy favorit sifatida "shporlar"ni qayd etdi va so‘ngi o‘zaro uchrashuvlar hisobiga londonliklarning g‘alabasini taxmin qildi.

O‘z yakuniga etayotgan mavsum ikkala jamoa uchun juda og‘ir kechdi. Premer-ligada 16 va 17-pog‘onada borayotgan klublar uchun bugungi bahsdagi g‘alaba nafaqat kubok, balki keyingi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish uchun yo‘llanmani taqdim etadi. Buning uchun ikkala tomon ham borini tikishga tayyor va biz shiddatli final guvohiga aylanishimiz mumkin.


G‘ofurov Asqarbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!