Spaletti: "Yuventus"ni yana cho‘qqiga olib chiqishni istayman"

  • 31 oktabr, 17:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Luchano Spaletti Turin klubi bilan 2026 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Agar jamoa Chempionlar ligasiga yo‘l olsa, kelishuv yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin. Bugun esa yangi bosh murabbiyning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tecno

"Menda juda yaxshi his tuyg‘usi bor. Biz bu klubning tarixi va tizimini yaxshi bilamiz. Kutilmalar yuqori, lekin bunday jamoaga qo‘shilish — hamisha sharaf.

Hozirda asosiy maqsad — "Yuventus"ni yana cho‘qqiga qaytarish. Shu bilan birga, ligadagi hozirgi holat va Tudorning mehnatini katta hurmat bilan qabul qilaman. Men yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va psixologik jihatdan kuchli jamoani topishimga ishonaman. Albatta, oldinga qadam qo‘yish uchun juda ko‘p ishlashimiz kerak.

Bu erga kelish sababim boshidanoq aniq edi. Agar jamoaning salohiyatiga ishonmagan bo‘lsam, nega sakkiz oylik shartnomani qabul qilardim? Shuning uchun ular bilan yaxshi ishlay olishimga ishonaman. Biz Chempionlar ligasiga qaytish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak, chunki boshqalar tez sur’atda ilgarilayapti.

Umid qilamanki, biz skudetto uchun kurashga ham qayta olamiz — bu haqda futbolchilar bilan ham gaplashdik. Oldimizda hali 29 ta o‘yin bor, demak, eng yaxshi natija uchun kurashishimiz shart", — dedi Spaletti.

Avvalroq jamoa bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashgan edi. Hozirda jamoa A Seriya jadvalida 15 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!