
"Spartak" Kokorinning transferini Counter-Strike talqinida e’lon qildi (video)
Moskvaning "Spartak" klubi “Zenit” forvardi Aleksandr Kokorinning transferiga bag‘ishlangan videorolikni e’lon qildi.
Ushbu rolik Counter-Strike: Global Offensive videoo‘yini talqinida tayyorlangan. Video yakunida "Follow me" so‘zlari yangraydi.
Aytish lozimki, 29 yoshli rossiyalik futbolchi “Spartak” bilan “3+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Fikrlar