"Spartak" Tedesko masalasida rasmiy bayonot berdi

  • 25 dekabr, 2020, 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiy Domeniko Tedeskoning kelajak faoliyati borasida rasmiy bayonot berdi.

Tecno

“So‘nggi paytlarda OAVda "Spartak" bosh murabbiyining o‘zgarishi va bu rolga nomzodlar haqida mish-mishlar ko‘paymoqda. Shu munosabat bilan, klub Domeniko Tedeskoni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va u bilan hamkorlikni 2021 yil mayigacha davom ettirish istagini bildiradi.

Ushbu davr klubimiz tarixidagi yana bir muvaffaqiyatli sahifa bo‘lishiga ishonamiz. Domeniko va uning oilasini Yangi yil bilan muborakbod etamiz va uning "Spartak"ga qaytishini orziqib kutamiz”, - deb yoziladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi «qizil-oqlar» bilan amaldagi mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan, shu sababli murabbiyning qishda ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

"Spartak" 19 turdan so‘ng, RPL musobaqa jadvalida peshqadam "Zenit"dan 6 ochko kam jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!