“Spartak” xorijdan taklif oldi. Bu katta ehtimol bilan O‘runovga atalgan bo‘lishi mumkin!

  • 15 avgust, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov haqida fikr bildirar ekan, gapning orasida muhim ma’lumotni ham aytib o‘tdi.

Tecno

-  19 avgust kuni “Ufa” bilan bo‘ladigan o‘yinda yangi futbolchilarning debyutini kutyapmiz. O‘runov sport formasini tiklamoqda. U koronavirusdan davolandi va tabiiyki, jismoniy holatini ko‘tarish kerak edi. Tashqaridan aniq taklif bor va taklifnoma stol ustidan turibdi. U hali maydonga tushmagan o‘yinchiga atalgan. Agar futbolchilarga yaxshi taklif kelsa va ular ketishni istasa, biz to‘sqinlik qilmaymiz. Keling, ozgina sabr qilaylik va tinchgina katta transferni amalga oshiraylik, - dedi Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bundesliga vakili Oston O‘runov uchun “Spartak”ga 5 million evro taklif qilgan edi. Moskvaliklar esa o‘zbek futbolchining transferini kamida 15 millionga baholamoqda.

O‘runov “Spartak uchun daromad manbaimi yoki istiqboldagi etakchi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!