Spensi «Manchester Yunayted»ga taklif qilishdi
«Tottenxem» jamoasi himoyachisi Jed Spensning «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Jurnalist Ben Jeykobs tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi xizmatlari «qizil iblislar»ga taklif etilgan. Spens bu yozgi transfer oynasida «Tottenxem»ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Manbalarga ko‘ra, londonliklar himoyachini taxminan 41 million yevro atrofida baholamoqda. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» rahbariyati hozircha uni sotib olish masalasida yakuniy qarorga kelmagan. Qayd etilishicha, Spens nomzodi «Liverpul» klubiga ham taklif qilingan.
2025/26 mavsumida Spens barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar