“Spetsiya” bosh murabbiyi Shomurodovga qachon ishonch bildirishini aytdi!

  • 5 mart, 2023, 12:55
  • 1
  • Futbol

Italiya chempionatining 25-turida “Spetsiya”ni muhim uchrashuv kutib turibdi. Leonardo Semplichi shogirdlari 5 fevral kuni asosiy raqobatchisi “Verona”ni “Alberto PIkko” arenasida qabul qiladi.

Liguriya klubi bosh murabbiyi Leonardo Semplichi bo‘lajak uchrashuv oldidan bir necha masala bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shu qatorda Eldor Shomurodov va Mbala Nzola tandemi haqida ham gapirdi.

“Udineze”...

Avvalgi turda Udinedagi o‘yindan qoniqish hosil qildim. Chunki uch kunlik mashg‘ulot bilan bundan ko‘piga erisha olmasdik. Bu natijada mening g‘oyalarim va mentalitetimni o‘ziga singdira boshlagan futbolchilarning hissasi katta.

“Udineze”ga qarshi bahsda biz ko‘proq gol urish uchun vaziyatlar yaratdik. Raqib ham yaxshi o‘ynadi. Natija adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu kelajagimiz uchun yaxshi poydevor bo‘ladi.

Muxlislar...

Hissiyotlar juda muhim. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi maqsadimizga etishda muhim omil bo‘ladi. Ayniqsa, uy uchrashuvlarida ishqibozlarimizning ko‘magi yigitlarga juda zarur. Har doim muxlislarga eshigimiz ochiq. Klub, jamoa va muxlislar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar bizni maqsadimiz sari etaklaydi.

Imkoniyat...

Bo‘lajak uchrashuv juda muhim, lekin  hal qiluvchi bahs ham emas, u bizning kelajagimizni belgilab bermaydi. Ijobiy natija, albatta, qo‘shimcha impuls beradi. Biroq bundan keyin yana 13 ta uchrashuv bor. Tabiiyki, bahs ahamiyatli. Unga diqqat bilan tayyorlanish kerak. “Verona” o‘zini tiklab bormoqda. Biz ham kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettiramiz. Klubni va muxlislarni xursand qilishga tayyormiz.

Jamoa...

Meni hayratga solgani shuki, kelganimda ahil jamoani ko‘rdim. Legionerlar ko‘pligiga qaramay, ular bir g‘oya atrofida birlashgan ekan.  Bu holat murabbiyning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi uchun etarli. Mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan har bir uchrashuvda maydonda eng yaxshi sifatlarimizni namoyish eta olamiz.

Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida shogirdlarimga o‘z mentalitetimni va g‘oyalarimni singdirishdan tashqari, taktik, jismoniy va ruhiy mashg‘ulotlar ham o‘tkazyapmiz. Men jamoamiz har qanday musobaqada istalgan raqib bilan kurasha oladigan holatga kelishini istayman.

Jurkovskiy...

Men Shimon Jurkovskiy haqida gapirmoqchiman. Bu futbolchi hali bizga qo‘l keladi. O‘yindan o‘yinga uning nimalarga qodirligini ko‘ramiz. Bellashuvlarda turli taktik sxemalarni qo‘llaymiz. Bu jarayonda Jurkovskiyga ham maydonda munosib o‘rin topib beramiz. Ungacha polshalik futbolchi yuqori sport formasiga chiqib olishi kerak.

Shomurodov va Nzola...

Eldor Shomurodov va Mbala Nzolani hujum juftligi sifatida birga o‘ynatish rejamiz bor. Men bu rejani amalga oshirish imkoniyati borligigi ishonaman. Yaxshi tayyorgarlik va jismoniy holatga tayanib, tarkibni chuqur o‘rgangan holda bu tanlovni amalga oshirish mumkin.

Tez orada Eldor Shomurodov va Mbala Nzola uchrashuvni ilk daqiqalardan birga boshlaydi. Balki bu holatni yakshanba kuni bo‘ladigan bahsda ko‘rarmiz.

6a0212a4-2a55-4ccd-acb7-8d7b52eb1af7.44542

Shuningdek, Agudelo uchun ham xursandman. Qo‘l ostimda jamoa istiqboliga ta’sir o‘tkaza oladigan o‘yinchilar bor. Lekin men yakka holdagi futbolchilardan ko‘ra, jamoviy o‘yinga ko‘proq e’tibor qarataman. Chunki maqsadimizga faqat bir jamoa bo‘libgina etisha olamiz.

“Verona”...

Musobaqa jadvalidagi vaziyat o‘zgara boshladi. “Verona” so‘nggi uchrashuvlarda o‘ziga xos mentalitet kasb etganini namoyish qilmoqda. Bu jamoa juda shiddatli, to‘pni olib qo‘yishni yaxshi uddalaydi, oxirigacha kurashadi. Bizni juda muhim uchrashuv kutyapti. Biz Udinedagi o‘yinga nisbatan yanada shiddatli harakat qilishimiz, ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratib, ulardan foydalanishimiz, hujumga e’tibor qaratib, zarbalarni ko‘paytirishimiz kerak. Nzoladan boshqalardan ham gol kutamiz.

Shomurodovga joy yo‘qmi?

Ikki legionerimiz qimmatbaho futbolchilar reytingiga kirdi!

Shomurodov jamoasiga yaxshi va yomon xabar!

Masharipov jamoasi “Real”ga aylanib bormoqda

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
04/03/2023 21:42
Курамиз худо хохласа