"Spetsiya" ustozi gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?

  • 20 fevral, 2023, 06:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 23-turida "Spetsiya" "Yuventus"ni mehmon qildi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Garchi, spetsiyaliklar imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, o‘yin tomonlama "Yuventus"dan qolishgani yo‘q.

Uchrashuvdan so‘ng "Spetsiya" ustozi Fabritsio Loreri Turin klubiga qarshi o‘yin hamda Shomurodov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Yigitlar butun o‘yin davomida ajoyib futbol namoyish etdi. Statistika ham gapimni isbotlaydi. Sensatsiya yaratish uchun imkoniyatimiz bor edi... 

Shomurodov tobora o‘sib bormoqda. U biz uchun muhim futbolchi va holati kundan-kunga yaxshilanyapti. "Yuventus"ga qarshi Eldor buni yana bir bor isbotladi", - dedi Loreri. 



Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!