
SPL. "An Nasr" safarda g‘alaba qozondi. Taliskadan dubl, Ronaldu assist bilan kifoyalandi
Saudiya Arabistoni chempionati 11-turidan o‘rin olgan "Al Feyha" - "An Nasr" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar safida Al Suvaysh gol muallifi bo‘ldi. Riyodliklarning uch goli Taliska (dubl) va Otavio nomiga qayd etildi. Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu bitta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, 25 ochkosi bor "qirolllik klubi" 2-o‘ringa chiqib oldi. Mezbonlar hisobida 14 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar