"Sport-Ekspress" jurnalisti: "Muxlislar TsSKA - "Andijon" o‘yinini katta qiziqish bilan kutishmoqda. Xebayga Rossiya klublaridan xaridorlar paydo bo‘lsa xayron bo‘lmayman"

  • 16 dekabr, 2023, 09:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha “Andijon” jamoasining 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishi va u erda qator nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishi borasida xabar berib o‘tgandik.

Tecno

Ayniqsa, Rossiyaning nomdor klublaridan biri – TsSKA jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin ham ko‘pchilikning e’tiborini tortgani aniq. Qolaversa, TsSKA matbuot xizmati ham bu borada xabar berib o‘tdi.

Rossiya nashrlari ham o‘z e’tiborlarini bizning jamoaga qaratishmoqda. Taniqli nashrlardan biri – “Sport-Ekspress”ni hamma yaxshi biladi va ular ham "Burgutlar"ning “armiyachi”larga qarshi bo‘ladigan o‘yinidan xabardor.

“Andijon” matbuot xizmati esa nufuzli “SE”ning tajribali jurnalistlaridan biri Konstantin Belov bilan bog‘landi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu hamkasbimiz TsSKA klubiga muxlislik qiladi. Tabiiyki, unga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.  

- 2024 yilning 1 fevral kuni “Andijon” Turkiyaning Antaliya shahrida TsSKAga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bu xususida nima deya olasiz?

- Rossiya klublariga qishki tanaffus paytida o‘rtoqlik uchrashuvi uchun raqib topish juda qiyin. Boz ustiga Evropadagi chempionatlarda uch oylik tanaffusga chiqib ketish yo‘q. Qolaversa, siyosiy vaziyat tufayli buning iloji ham yo‘q. Shu bois O‘zbekiston klublaridan biri bilan uchrashish - bu biz uchun judayam qiziqarli tajribadir.

ekspress

- Rossiya matbuotida ushbu bo‘lajak o‘yinga qanday munosabat bildirilmoqda?

- Rus matbuotida O‘zbekistondagi klublar bilan o‘tadigan uchrashuvlarga bo‘lgan qiziqish yuqori. Ayniqsa, TsSKA ishqibozlari Abbos Fayzullaevning klubdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan kelib chiqqan holda bo‘lajak o‘yinni intizorlik bilan kutishmoqda. Qaydam, balki yangi olmos topib olsakchi?

- Negadir TsSKA klubi Rossiya premer-ligasida o‘z o‘rnida emas. Bilishimcha, siz ushbu jamoaning muxlisisiz. Ayting-chi, TsSKAga nima etishmayapti?

- TsSKAning asosiy muammosi - bu zaxira o‘rindig‘ining torligidir. Ya’ni, bizga futbolchilar etishmaydi. Joriy yilning yozida klub transfer ishlarini judayam kech yakunladi. Dastlabki yangi o‘yinchi Abbos Fayzullaev faqat 5-turga kelganda safimizga qo‘shildi. Qolgan yana ikkita futbolchi esa 8-turda ro‘yxatga olindi. Shuningdek, 2023 yilda jamoa rus klublari orasida hammadan ko‘p uchrashuvda maydonga tushdi. Shu sababli aksariyat futbolchilar yangi mavsumga charchoqlari tarqalmasdan qo‘shilishdi. Shuning uchun ham natijalar yomon ko‘rinish ola boshladi. Ammo Rossiya chempionati ancha raqobatbardosh. Agar turnir jadvaliga boqsangiz, 3-o‘rinda borayotgan klub bilan oramizni uch ochko ajratib turganini ko‘rasiz. Ammo kurash hali oldinda. Eslatib o‘tish joiz, o‘tgan yili 13-turdan keyin 2-o‘rindagi klub bilan oramizni 6 ochko ajratib turgandi. Lekin oxir oqibat TsSKA kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Belov

- TsSKAdagi hamyurtimiz Abbos Fayzullaev haqida fikringiz qanday? U siz o‘ylagandek o‘yin ko‘rsatyaptimi?

- Fayzullaev - bu bugun Rossiya chempionatining asosiy kashfiyot futbolchisidir! Abbos TsSKAga kelganida ko‘pchilik uning klubga kirishib ketishi uchun kamida yarim yil yoki bir yil zarur bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandi. Biroq u darrov jamoaga kirishib ketdi va klubga katta foyda keltira boshladi. Umid qilamanki, mavsumning ikkinchi qismida Abbos yanada samarali o‘yin namoyish etadi.

xebay3_7

- Ayting-chi, “Andijon” jamoasi haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?

- Rus ishqibozlari uchun “Andijon” safidagi eng taniqli futbolchi - bu albaniyalik hujumchi Rubin Xebaydir. Agar 2024 yilning qishki transfer chog‘ida yoki yozida unga Rossiya klublari tomonidan qiziqish bo‘lsa, bundan sira xayron bo‘lmayman. Shuning bilan birga o‘ng qanot vingeri Sardor Abdunabievni bilaman. O‘ylaymanki, Rossiya klublari bu o‘yinchingizni ham diqqat bilan kuzatishga tushishgan bo‘lsa kerak. Umuman olganda, O‘zbekistondan bo‘lgan oxirgi transferlar (Shomurodov, Fayzullaev, Ashurmatov, Yo‘ldashev) Rossiya premer-ligasidagi aksar klublar skautlarida mamlakatingiz chempionatiga, futbolchilaringizga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!