
"Sport TV" AGMKning OChLdagi bugungi o‘yinini olib beradimi?
Bugun OChL-2021 pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:20da start oladi.
Ushbu bellashuv "Sport" telekanali orqali namoyish etilmaydi. Chunki TVning ijtimoiy tarmoqdagi bugungi o‘yinlar ro‘yxatidan ushbu muhim bellashuv o‘rin olmagan! Bu telekanalning ushbu bosqich bahslarini namoyish etish huquqi yo‘qligidan dalolat. Har holda yurtimiz nomidan xalqaro maydonda kurashadigan klubning o‘yinini translyatsiya qilish imkoniyatining yo‘qligi shu bilan bog‘liq. Balki biz adashayotgandirmiz. Ammo TV nega uchrashuv namoyish etilmasligi borasida ma’lumot bermagan.
Quyida telekanalning bugun namoyish etadigan o‘yinlari ro‘yxati bilan tanishing:
Fikrlar